21:53 / 05.05.2017
31 274

Lola Instagram`dagi kuzatuvchilarini ko‘p millatli, katta oilasi bilan tanishtirdi (Foto)

Lola Instagram`dagi kuzatuvchilarini ko‘p millatli, katta oilasi bilan tanishtirdi (Foto)
Xonanda Lola o‘zining Instagram`dagi muxlislarini oila a’zolari bilan tanishtirib bormoqda. U muxlislar talabiga binoan singlisi Asalning to‘yidan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga oilaviy suratlarini ko‘proq joylashtirmoqda. Xususan, xonanda otasi, onasi, singillari Anora, Asal va ukasi Rustam hamda uning rafiqasi va farzandlarining suratlarini muxlislariga ko‘rsatdi, ular haqida muxlislarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.

“Mening eng yaqinim va dunyodagi eng yaxshi ukam sevimli rafiqasi hamda farzandlari bilan. Ularni jonimdan ortiq ko‘raman. Ukamning rafiqasi malayziyalik. Aqlli va chiroyli qiz”,—deb izohladi Lola ukasining oilasi aks etgan suratni.

“Oila a’zolarim bilan sizni tanishtirishda davom etaman. O‘ylab qarasam, ko‘pchilik mening oilam qay darajada katta va ko‘p millatli ekanligini tasavvur ham qilmagan ekan. Agar sizga qiziq bo‘lsa, men sahifamga ko‘proq oilaviy suratlarimni joylashtiraman. Suratda singlim Anora turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan. U nafaqat mening tug‘ishgan singlim, balki mening do‘stim, vijdonim, eng yaqin va qadrli insonim hamdir! Yaxshi ko‘raman! Shunday muhim kunda biz bilan birga bo‘la olmadingiz, ammo qalban biz hamisha birgamiz!”,—deb yozadi Lola singlisi Anoraning suratini izohlab.







Ma’lumot uchun, Lolaning singlisi Anora hozirgi kunda oilasi bilan AQShda istiqomat qiladi.

Manba: Darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola Instagram`dagi kuzatuvchilarini ko‘p millatli, katta oilasi bilan tanishtirdi (Foto)