15:01 / 13.05.2017
18 185

Tamila behayo suratlari va videosini tarqatish kimga kerak bo‘lgani haqida gapirdi

Tamila behayo suratlari va videosini tarqatish kimga kerak bo‘lgani haqida gapirdi
Xonanda Tamila ishtirokidagi behayo suratlar va video tarqalganidan so‘ng “Maestro” prodyuserlik kompaniyasi u bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi. Shundan so‘ng xonanda bir muddat ko‘rinmay qoldi. Bu orada turli mish-mishlar tarqaldi. Hatto, “Tamila boshqa davlatga ko‘chib ketibdi” deganlar ham bo‘ldi.

Xonanda bergan intervyusida behayo suratlari va videosini tarqatish kimga kerak bo‘lgani haqida gapirdi, deb yozadi Hordiq.uz.
“Ijodda tanaffus qilishimga shaxsiy hayotim sabab. Ijod qilishimga turmush o‘rtog‘im qarshi edi. U bilan ancha oldin ajrashganmiz, lekin meni haligacha tinch qo‘ymaydi. U men ijod bilan shug‘ullanmasligim uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi. Jumladan, tuhmat va mening ishtirokimda fotoshopda qilingan behayo suratlar va videoni ham tarqatdi. Men bo‘lib o‘tgan ishlardan g‘azabga tushdim. Ularni sud tibbiy ekspertizasiga topshirdim va bu suratlar hamda videoda men emasligimni isbotladim. Sud xodimlari menga tuhmat qilgan insonni sudga berishim mumkinligini aytishdi. Lekin men bunday qilmadim. U mening hayotimni barbod qilgan bo‘lsa ham, men uning hayotini buzishni istamadim. Sababi, men Xudoga qattiq ishonaman.

U inson hozirgacha meni tinch qo‘ymaydi. O‘tgan yillar ichida qanday do‘zahda yashaganimni siz tasavvur ham qilolmaysiz. Agar u meni tinch qo‘ymaydigan bo‘lsa, davlatdan yordam so‘rashimga to‘g‘ri keladi. Men shunchaki tinch yashashni istayman”,—deydi Tamila.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tamila behayo suratlari va videosini tarqatish kimga kerak bo‘lgani haqida gapirdi