15:35 / 18.05.2017
7 967

Video: “Million” jamoasi Fransiya, Ispaniya va Italiyaga sayohat qildi

Video: “Million” jamoasi Fransiya, Ispaniya va Italiyaga sayohat qildi
Mehnatning tagi – rohat, deydilar. Bu naqlni chuqur anglagan “Million” jamoasi yigitlari “Istiqlol” san’at saroyida besh kunlik, jami 9 seanslik konsert dasturini taqdim etishganidan so‘ng, viloyatlar bo‘ylab gastrol konsertlarni uyushtirishdi. Konsertdan tushgan daromadning cho‘g‘i yaxshi bo‘ldi chog‘i jamoa a’zolari Evropa mamlakatlari bo‘ylab sayohatga jo‘nab ketishdi. Bu haqda jamoa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi, deb yozadi Qalampir nashri.

Fransiya, Ispaniya va Italiya sayohatiga otlangan “Million”chilarning ilk manzili Parij bo‘ldi. Muhtasham Eyfel minorasiga chiqqan yigitlar minoraning eng baland nuqtasidan turib ajoyib videomurojaat tayyorlashdi. Unda yigitlar eng go‘zal va eng tinch mamlakat O‘zbekiston ekanini, eng samimiy va oqko‘ngil odamlar yashaydigan mamlakat ham O‘zbekistonligini baralla aytadilar.

Shuningdek, jamoa a’zolari Ispaniyaning Madrid shahrida ham bo‘lib, “Santyago Bernabeu” stadioniga ham tashrif uyushtirdilar.

Bundan tashqari, jamoa a’zosi Davron Kabulov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali “Real Madrid” va “Barselona” klublarining muzeylariga borganini ma’lum qilib, u erda olingan videolarni taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayrim sabablarga ko‘ra, jamoa a’zosi Otabek Mirzaxolov “Million”chilar bilan sayohatga bormagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Video: “Million” jamoasi Fransiya, Ispaniya va Italiyaga sayohat qildi