17:10 / 19.05.2017
6 795

Jan-Klod Van Dammning qizi otasidan o‘zib ketdi

Jan-Klod Van Dammning qizi otasidan o‘zib ketdi
O‘tkir nigohga, go‘zal tabassumga, go‘zal Byanka afsonaviy aktyor va jang san’ati ustasi Jan-Klod Van Dammning qizidir, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Byanka yosh bo‘lishiga qaramay, sportda, kinoda ulkan natijalarga erishib, mashhur familiyaning eng loyiq davomchisiga aylandi.

Byanka Van Varenberg (otasining asl ism-sharifi aynan shunday yangraydi) sportchi ota-onasidan nafaqat jismoniy go‘zallikni, balki uddaburolik va epchillikni ham meros qilib oldi. Tashqaridan nozik ko‘rinadigan qaddi-qomati bilan o‘ta keskin harakatlarni, turli jang usullarini osonlik bilan bajaradi.

Qiz bolaligidanoq sportga mehr qo‘yganligini, bir paytlar jang san’atini yoqtirmaganligini tan oldi. U ilgari konkida yugurish sporti bilan shug‘ullangan. Keyinchalik jang san’atiga qiziqishi ortganligi tufayli, otasi bajargan tryuklarni bajara boshladi. Byanka otasi bilan birga sport mashg‘ulotlarida ishtirok etadi, ular o‘zaro kuch ham sinashadi. Byanka uchun otasi ibrat namunasi hisoblansa, Van Damm esa qizining erishgan yutuqlaridan faxrlanadi. Otasining izidan borgan Byanka sport mashg‘ulotlari bilan chegaralanib qolmadi, u badiiy filmlarda ham suratga tusha boshladi. Ayni kungacha u 10 ta filmda aktrisa, prodyuser, ssenariy muallifi va rassom sifatida ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jan-Klod Van Dammning qizi otasidan o‘zib ketdi