14:10 / 22.05.2017
8 012

Lola va Rashid Holiqov ijrosidagi “Hayot davom etar” saundtrek videosi taqdim etildi

Lola va Rashid Holiqov ijrosidagi “Hayot davom etar” saundtrek videosi taqdim etildi
“Hayot davom etar” nomli saundtrek “Yana mahallada duv-duv gap” filmi uchun maxsus kuylangan bo‘lib, kuni kecha mazkur videoning premerasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Darakchi.uz nashri.

“Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, saundtrek so‘zlari Shoira G‘iyosovaga, musiqasi Shuhrat Zokirovga tegishli.

Uzoq kutilgan film premerasiga ham oz fursatlar qolmoqda. Shuhrat Abbosov rejissyorligida 6 oy suratga olingan mazkur film ssenariysi 5 yil davomida yozilgan.

Kinokartina postanovkachi rejissyorlari Shuhrat va Nozim Abbosovlar.

Kinofilm Farg‘ona viloyati (Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Rishton, O‘zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olingan bo‘lib, unda 100 ga yaqin personaj qatnashgan.

Ayni damda kinokompaniya yana bir yirik loyihaga qo‘l urgan. Ishchi nomi “Maftuningman-2” bo‘lgan yangi film rejissyor Abduvohid G‘aniev tomonidan suratga olinmoqda. Mazkur filmning o‘ziga xos tomoni unda deyarli mashhurlar ishtirok etmaydi.

Quyida “Hayot davom etar” saundtrek videosini tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola va Rashid Holiqov ijrosidagi “Hayot davom etar” saundtrek videosi taqdim etildi