15:53 / 25.05.2017
10 640

«Ummon» yigitlarini Radius-21ning ukasi sudga berdi

«Ummon» yigitlarini Radius-21ning ukasi sudga berdi
Ma’lumki, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan shou-biznes vakillari vafot etgan hamkasblarini yodga olib, ularning qo‘shiqlarini kuylashi ko‘pincha kuzatiladigan holat.
Xususan, biroz avval ushbu an’anani davom ettirgan holda, «Ummon» guruhi yigitlari marhum Radius-21 tomonidan ijro etilgan «Shekspir monologi»ni o‘z talqinlarida ijro etishgan edi. Ta’kidlash lozimki, yigitlarga aktrisa Shahzoda Muhamedova jo‘r bo‘lgan.
Quyida monologning «Ummon»cha talqinini tinglab, baho berishingiz mumkin:

Oradan biroz o‘tib, Radius-21 (Shahzod G‘ulomov)ning ukasi Begzod G‘ulomov mazkur ijro uchun xonandalarni sudga berishini ma’lum qildi. Bu to‘g‘ridagi videoxabarni Sayyod.com taqdim etdi.

Qayd etish lozimki, ushbu xabar o‘quvchilarning tanqidiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik «Ummon» guruhining marhum xonandani yodga olib, uning qo‘shig‘ini kuylab chiqqani uchun yoqlamoqda. Buning uchun uni sudga berish emas, balki rahmat aytish lozim, deguvchilar ham bo‘lgan.
«Nima jinnilik bu, axir olamdan o‘tgan ko‘p sanatkorlarning qo‘shiqlari kuylandiku. Sizning akangizni eslab, xotirlab, qo‘shiqlarini kuylashganiga xursand bo‘lsangizchi, akangizning unutilib ketganlaridan ko‘ra bu yaxshiku. Hurmatini qilib, qo‘shiqlarini kuylashganiga rahmat deng undan ko‘ra. Insof bersin!»

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Ummon» yigitlarini Radius-21ning ukasi sudga berdi