15:56 / 25.05.2017
6 324

Ulug‘bek Rahmatullaev: «Bitiruv oqshomiga borish nasib etmagan»

Ulug‘bek Rahmatullaev: «Bitiruv oqshomiga borish nasib etmagan»
So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni erta tongdan uyg‘onib, kiyimlarning eng sarasini kiyib, katta hayajon bilan maktabga otlanganman. Tashqi ko‘rinishimga alohida e’tibor qaratib, eshikdan chaqirib kelgan sinfdoshim Jamolni ancha kuttirib qo‘yibman. Do‘stim yo‘l-yo‘lakay meni deb, so‘nggi qo‘ng‘iroqqa kech qolayotganimizni aytib, asabi buzilganidan, mening ham e’tiborim unga ketib qolib, ko‘cha boshidagi ariqqa oyog‘im bilan tushib ketganman! Kiygan kiyimim va poyabzalimni uyga qaytib, almashtirishimga to‘g‘ri kelgan!

Kundalik kiyimlarimda va kayfiyatim tushgan holda, maktabga borganmanu, lekin o‘sha tadbirdagi ustozlar aytgan so‘zlar, mulohazalardan keyin xayolimni umuman boshqa so‘zlar band qilib qo‘ygan! Katta hayotga qadam qo‘yish arafasida ekanimizni endi-endi anglay boshlayotgandim… Bitiruv oqshomiga ko‘ngildagidek xursand bo‘lib borish nasib qilmagan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Rahmatullaev: «Bitiruv oqshomiga borish nasib etmagan»