11:18 / 30.05.2017
8 554

Bir piyola choy ustida bitilgan bitik…

Bir piyola choy ustida bitilgan bitik…
ZO‘RG‘A ZO‘RMIZ
(Yozuvchi do‘stimga hazil she’r)
***
O‘zingam ja quvloq chiqding-da,
Qissangdanam quvroq chiqding-da,
Nafaqat qo‘l, oyoq ham kalta,
Senga etolmadim, jigarim!
***
Romeolar senga chikora,
Julettalar sen deb ovora,
Men yana ojizman, nachora,
Senga etolmadim, jigarim!
***
Hasratimni hazilga yo‘yding,
Vayronamni manzilga yo‘yding,
Huquqimdan ayirib qo‘yding,
Senga etolmadim, jigarim!
***
Suvlar ortga oqarmidi-ya,
Boylar bizga boqarmidi-ya,
Mendan birov qo‘rqarmidi-ya,
Senga etolmadim, jigarim!
***
Men qayda-yu, sen qayda, qara,
Sababini, O‘zingdan so‘ra,
Zo‘-o‘rg‘a zo‘r bo‘p qoldim-ku, jo‘ra,
Senga etolmadim, jigarim!

Olimjon HAYIT

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bir piyola choy ustida bitilgan bitik…