12:41 / 31.05.2017
11 910

Shahnoza Otaboyevani «Portalga yozaman!» deb qo‘rqitishdi!

Shahnoza Otaboyevani «Portalga yozaman!» deb qo‘rqitishdi!
Bugun «O‘zbekkonsert» («O‘zbeknavo») estrada birlashmasi xonanda Shahnoza Otaboyeva bilan tuzilgan lisenziya bitimini bekor qilgani to‘g‘risida ma’lum qilgan edik.

Mazkur xolat yuzasidan sayyod.com qo‘yidagilarni aniqladi:
Ma’lum bo‘lishicha, Jizzaxda o‘tkazilgan «Barkamol avlod» davlat tadbirini Shahnoza Otaboyeva «Vodiylarni yayov kezganda» qo‘shig‘i bilan ochib berishi ko‘zda tutilgan va hatto xonanda repetisiyalarda ham qatnashgan. Biroq tadbir kuni u to‘y xizmatlariga ketib qolgan. Xalq artistlaridan tortib bir qancha xizmat ko‘rsatgan xonandalar esa shu kunlar barcha to‘y xizmatlarini bekor qilib ushbu davlat tadbirida band bo‘lishgan.

Yuqoridagi rasmiy xabar e’lon qilingach, Shaxnoza Otaboyevaning (@shahnoza_otaboyeva_) instagramdagi rasmiy sahifasida «San’atning qiyinchiliklariga bardosh ber, Ollohim» izoxi bilan suratda ko‘rib turganingizdek yuqoridagi vaziyat yuzasidan yozgan tushuntirish xati surati joylandi.

Bugungi va aynan rasmiy xabar chiqqan sanada yozilgan tushuntirish xati «O‘zbekkonsert» estrada birlashmasining hozirgi yangi rahbari A.Xaydarovga bitilgani ko‘rinib turibdi. Bu xat rasmiy xabardan keyin bitildimi yoki avvalroq va u muassasaga etkazilganmi, noaniq. Ammo unda xonanda ushbu holat yuzasidan voqeani tushuntirishga harakat qilgan.

Xonanda Shahnoza Otaboyeva biroz vaqt o‘tmay bu tushuntirish xati suratini o‘z sahifasidan o‘chirib tashladi. «Nihol» mukofoti sovrindori, xushovoz xonanda Shahnoza Otaboyevani o‘zi yozganidek san’atning bu qiyinchiligidan tezroq va osonroq o‘tib olishi tilakdoshimiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahnoza Otaboyevani «Portalga yozaman!» deb qo‘rqitishdi!