21:40 / 31.05.2017
9 705

Rayhon va Jahongir Poziljonov muxlislariga quvnoq kayfiyat ulashishmoqchi (Video)

Rayhon va Jahongir Poziljonov muxlislariga quvnoq kayfiyat ulashishmoqchi (Video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva hamda “Bojalar” guruhi yakkaxoni tomonidan kuylangan “Aldamagin” nomli taronaning klipi ham tayyor bo‘ldi.

Rayhon mazkur videoning treylerini o‘zining Instagramdagi sahifasiga joyladi.

Rayhon Darakchi.uz nashriga klipning taqdimoti sanasini ma’lum qildi:

“Klip va qo‘shiq g‘oyasini “Bojalar” guruhi bilan birgalikda yaratdik. Maqsad muxlislarimizga ijobiy hissiyotlar, yaxshi kayfiyat va quvonch ulashish edi. Buni uddasida chiqamiz degan umiddamiz. Klip tayyor, premerani 2 iyun kuni taqdim qilishni rejalashtirdik.”

Darhaqiqat, klip treyleridan uni quvnoq kayfiyat bag‘ishlovchi yana bir ijod mahsuli bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Darvoqe, Rayhon ayni kunlarda nimalar bilan bandligi haqidagi savolga, bugunning o‘zidayoq oilasi bilan dam olish uchun uchib ketayotganini ham aytib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon va Jahongir Poziljonov muxlislariga quvnoq kayfiyat ulashishmoqchi (Video)