“Nihol” mukofoti sovrindori Dilso‘z taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova yana farzand kutmoqda, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.
Xonanda og‘iroyoq bo‘lsa-da, qizg‘in ijod olib bormoqda. Turli tadbirlarda ishtirok etishni ham kanda qilmayapti. Buni Instagram’dagi suratlari isbotlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Dilso‘z va xonanda Farrux Raimovning hozirda bir nafar qiz farzandi bor. 2015 yilning 18 oktyabrida tug‘ilgan qizaloqning ismi Dilso‘z, ya’ni onasining taxallusi bilan bir xil. Xonanda o‘ziga omad olib kelgan ismni qiziga bergani va yaqinlari uni Go‘zal deb chaqirishini ta’kidlagan.
Qo‘shiqchilarning nikoh to‘yi va qizining tug‘ilishi juda ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Tug‘ruq vaqtidagi Dilso‘z suratlarining internetda tarqalib ketishi yanada ko‘proq gap-so‘zlarni keltirib chiqardi. Xonanda esa tug‘ruqxona (Toshkentdagi 6-sonli) ustidan tegishli joyga shikoyat qilib, boshqa u erga bormasligini ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi