19:31 / 18.06.2017
14 967

«To‘y Toshkentda bo‘lmasligi aniq». Aktyor Yigitali Mamajonovning fotihasi bo‘lib o‘tdi

«To‘y Toshkentda bo‘lmasligi aniq». Aktyor Yigitali Mamajonovning fotihasi bo‘lib o‘tdi
Aktyor Yigitali Mamajonov ikkinchi marta uylanadi, deya xabar bermoqda «Hordiq.uz» sayti.
Aktyor Nigina ismli qiz bilan fotiha qilingan. Fotiha qachon bo‘lib o‘tganiga sayt aniqlik kiritmagan.
Xabar berishlaricha, to‘y «yaqin kunlarda» bo‘lib o‘tadi, lekin marosimning «Toshkentda bo‘lmasligi aniq».
Sayt Yigitali va Niginaning to‘y marosimi qayerda bo‘lishini ma’lum qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yil noyabrida taniqli xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon bilan turmush qurgan edi.
2014 yil may oyida Yigitali va Rayhon egizak farzandli bo‘lgan. Ular farzandlariga Islom va Imron deb ism qo‘ygan edi.
2015 yil 9 yanvarida esa Rayhon ajrashish uchun ariza bergani, 2016 yil may oyida ularning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘lgan edi.
2016 yilning noyabrida xonanda Rayhon ikkinchi marta oila qurdi — u taniqli boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqdi; tor doirada o‘tkazilgan to‘y katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «To‘y Toshkentda bo‘lmasligi aniq». Aktyor Yigitali Mamajonovning fotihasi bo‘lib o‘tdi