Bundan bir necha kun avval aktyor va rejissyor Yigitali Mamajonovning unashtirilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Aktyor bu ma’lumotga oydinlik kiritar ekan, sevgan qizi asli chimkentlik ekanligi va uning ismi Nigina ekanligini aytib o‘tdi.
Yigitali to‘yi haqidagi ma’lumotlarni esa oshkor etishni istamadi. Shunchaki, to‘yning O‘zbekistonda bo‘lmasligini aytish bilan cheklandi, xolos, deb yozmoqda Darakchi.
Kuni kecha aktyor Instagram`dagi sahifasiga sevgan qizi bilan tushgan yangi suratini joylashtirdi va uni “Seni sevishlari uchun sevgiga munosib bo‘l! Sevgiga munosiblik esa chiroyli tashqi ko‘rinish va kelishgan qomat bilan belgilanmaydi. Sen tashqi go‘zallikni aql bilan uyg‘unlashtirishing kerak. Hammaga xayrli kech. Rafiqam bilan”,— deya izohladi.
Shuningdek, boshqa bir qator saytlarda Yigitalining rafiqasi uning yonida milliy kelinlik libosida turgani aks etgan suratlari tarqaldi. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, Yigitali va Nigina to‘ylarini xufyona ravishda, yaqinlar va do‘stlar davrasida o‘tkazishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi