12:30 / 29.06.2017
9 617

Xonanda Rayhon ham 1 millionlik “dovon”ni bosib o‘tdi

Xonanda Rayhon ham 1 millionlik “dovon”ni bosib o‘tdi
Hozirda xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Evropa bo‘ylab sayohat qilmoqda. Ha, xonandaning yozgi ta’tili maroqli o‘tayotganini ijtimoiy tarmoqlarga, xususan, Instagram sahifasiga joylayotgan suratlaridan ham sezish mumkin. Instagram xonandaning quvonchiga yana bir karra quvonch bag‘ishladi, desak, adashmagan bo‘lamiz. Sababi, Rayhonning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni endi 1 millionni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Shahzoda (Zilola Musaeva) o‘zbek xonandalari ichida Instagram’da 1 million kuzatuvchisi bor yagona yulduz bo‘lgan edi. Hozirda uning kuzatuvchilari soni 1,3 mln.

Kuzatuvchilar soni bo‘yicha Shahzodadan keyingi o‘rinni aktrisa va xonanda Asal Shodieva egallagan edi. Hozirda uning ham kuzatuvchilari 1 mln.ni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Rayhon ham 1 millionlik “dovon”ni bosib o‘tdi