18 799
Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqmoqda. To‘y Pxuket orolida bo‘lib o‘tadi
Aktrisa Sitora Alimjonova shaxsiy hayotiga oid muhim sirni oshkor qildi.
Sitora “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida sevgan insoni borligini va unga turmushga chiqayotganini ma’lum qildi:
“Yigitim bilan 2012 yilda tanishganmiz. Yaqinda to‘y qilamiz. U toshkentlik, ayrimlar aytganidek chet ellik yoki sportchi emas. Nega aynan endi to‘y qilayotganimizga to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘sha paytda men yosh edim, kar’era qilishim kerak edi. U ham oyoqqa turib olishi kerak edi. Mana endi mening orzuimdagi to‘y qilib, turmush qurmoqdamiz. U paytda men hali Sitora Alimjonova emas edim. U meni aktrisa sifatida bilmagan. Facebook orqali tasodifan tanishib qolganmiz. Bir muddat gaplashib yurdik, orada ajralib ham ketdik. Keyin yana topishdik.
Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im 27 yoshda, u tadbirkor”.
“Yigitim bilan arazlashib qolgan paytimda “Shok.uz” saytining “To‘y” loyihasida Sharof Muqimov bilan ishtirok etdim”, — deydi aktrisa so‘zlarini davom ettirib.
Sitora Alimjonova shuningdek, to‘yi shu yilning 8 avgustida Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tishini va unda kelin-kuyovning qarindoshlari, yaqinlari va do‘stlari ishtirok etishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Sitora xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning “Sog‘inib” klipidagi obrazi orqali elga tanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar
Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi