23:10 / 03.07.2017
6 619

Filipp Kirkorovning yana bir “qizi” paydo bo‘ldi

Filipp Kirkorovning yana bir “qizi” paydo bo‘ldi
Mashhur kishilar ba’zan o‘zlarining noqonuniy farzandlari borligi haqida eshitib qolishadi. Yaqindagina Filipp Kirkorovning ham Anna Kirkorova ismli “qizi” borligi ma’lum bo‘ldi.

Bunisiga nima deysiz! Filipning “qizi” 23 yoshda. U Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida yashaydi va bank ishi bilan shug‘ullanadi. Anna ilk bor “otasi” Filipp Kirkorov bilan Rostovdagi konserti vaqtida uchrashgan.

Anna “otasi”ni ko‘rish ishtiyoqida sahnaga chiqishga ham muvaffaq bo‘lgan. Avvaliga Filipp qizning qo‘lidan telefonini olib, u bilan selfi tushgan, so‘ng qiz “Eng yaxshi ota” yozuvli toj sovg‘a qilgan. Annaning asl familiyasi Tarasyuk edi, ammo voyaga etgach, uni Kirkorova familiyasi bilan almashtirdi. Hozirda qiz Filipp Kirkorovning Rostovdagi fan-klubi rahbari hisoblanadi.

Filipp Kirkorovning fikricha, qiz juda jur’atli. Sababi, uning fikricha, familiyasini o‘zgartirish orqali inson o‘z taqdiri, hayotini ham o‘zgartiradi. Qiz esa ana shunday jasoratga qo‘l urgan. Anna ham Filipdan uning hayotini o‘zgartirgani uchun minnatdor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Filipp Kirkorovning yana bir “qizi” paydo bo‘ldi