15:03 / 08.07.2017
15 489

Video: Jahongir Poziljonov O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi

Video: Jahongir Poziljonov O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi
“Bojalar” guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga bag‘ishlab maxsus qo‘shiq ijro etdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Qo‘shiq haqida batafsil ma’lumot olish uchun “Bojalar” guruhi prodyuseri Javlon Shodmonov bilan bog‘landik.

“Tarona “Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi” deb nomlanadi. Uning she’ri O‘zbekiston xalq shoiri Hamid G‘ulom qalamiga mansub. Botir Aliev ashulaga musiqiy sayqal bergan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyidagi nutqidan ta’sirlanib, Jahongir Poziljonov shu qo‘shiqni yaratish g‘oyasini berdi. Tez orada unga klip suratga olamiz. Ayni paytda klip g‘oyasi haqida o‘ylayapmiz”, dedi Javlon Shodmonov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyun kuni Toshkentda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyi bo‘lib o‘tgan va uning faoliyati tubdan o‘zgartirilgan edi. Unda harakat faoliyati tugatilib, o‘rnida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuzilgan edi.

30 iyun sanasi esa Yoshlar kuni deb e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Video: Jahongir Poziljonov O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi