12:05 / 13.07.2017
6 798

O‘zbekistonda “Avangard”, “Zombining isyoni”, “Pirani 3DD” kabi jami 225 ta film taqiqlandi

O‘zbekistonda “Avangard”, “Zombining isyoni”, “Pirani 3DD” kabi jami 225 ta film taqiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi mamlakatda 225 ta xorijiy kinofilm taqiqlangani haqida ma’lum qildi, deb yozadi Qalampir.uz.

E’londa aytilishicha, filmlar ro‘yxati Axborot va ommaviy kommunikasiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasi yig‘ilishining 2017 yil 30 maydagi 2-son bayoni bilan tasdiqlangan. Ro‘yxat esa komissiya tomonidan o‘tkazilgan tegishli ekspertiza natijalariga ko‘ra tuzilgan. Undan joy olgan 225 ta xorijiy kinofilm syujetida zo‘ravonlik, shafqatsizlik, vahshiylik, behayolik, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini, shuningdek, axloqiy buzuqlik, yengiltabiatlik, shahvoniy nafsga erk berish, besoqolbozlik, svingerlikni targ‘ib qiluvchi sahnalar mavjudligi bois, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish tavsiya etilmaydi, deb topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga (O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi 189- va 189-1-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 130- va 130-1-moddalari) muvofiq, zo‘ravonlik, shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek, uni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish kabi xatti-harakatlar taqiqlanadi.

Shundan kelib chiqqan holda lisenziatlardan taqiqlangan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlashga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash talab etiladi.

Taqiqlangan filmlar ro‘yxati Intellektual mulk agentligi saytida keltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda “Avangard”, “Zombining isyoni”, “Pirani 3DD” kabi jami 225 ta film taqiqlandi