16:07 / 09.08.2017
8 647

Ikki nafar o‘zbekistonlik qiz “Koinot tabassumi-2017” xalqaro go‘zallik tanlovining finaliga chiqdi

 Ikki nafar o‘zbekistonlik qiz “Koinot tabassumi-2017” xalqaro go‘zallik tanlovining finaliga chiqdi
“Koinot tabassumi-2017” xalqaro go‘zallik tanlovining tashkiliy qo‘mitasi finalga chiqqan o‘zbekistonlik qizlarning nomlarini loyihaning yakunlovchi bosqichida e’lon qiladi, deb xabar berdi Nuz.uz nashri.

Ular toshkentlik Laylo Musaeva va Madina Rashidovalardir.
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi ona sayyoramizda yashovchi turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlashdir. Tanlovning asosiy vazifasi atrofdagi odamlarga yaxshi munosabatda bo‘lish uchun tabassumni targ‘ib qilishdan iboratdir.

Loyihaning maqsadi dunyoning turli burchaklarida yashovchi, eng chiroyli tabassum egasi bo‘lgan pozitiv ayol va qizlarni izlab topishdir. Ayni paytda Avstraliya, Qozog‘iston, Rossiya va Litva davlatlarining ishtirokchilari ham tanlov finaliga chiqdi.

Avgust oyida tanlovning barcha finalchilari aniqlangach, hakamlar Koinotning (Top-3) eng chiroyli tabassum egasi bo‘lgan ayolini aniqlaydi va tanlov g‘olibasining nomi e’lon qilinadi. Tanlov g‘olibasi 2000 dollar pul mukofotidan tashqari, xalqaro go‘zallik tanlovlarida hakamlar hay’ati a’zosiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi va ijtimoiy loyihalarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.


Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ikki nafar o‘zbekistonlik qiz “Koinot tabassumi-2017” xalqaro go‘zallik tanlovining finaliga chiqdi