17:12 / 09.08.2017
9 376

Sardor O‘rtach Toshkentda o‘zbek xonandalari bilan konsert beradi

Sardor O‘rtach Toshkentda o‘zbek xonandalari bilan konsert beradi
Konsert dasturida nafaqat Sardor O‘rtach, balki o‘zbek estradasining boshqa taniqli xonandalari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Turk estradasining taniqli yulduzi Sardor O‘rtach Toshkent shaharidagi eng muhtasham konsert saroylaridan biri – “Istiqlol”da konsert dasturini taqdim etadi. Rejissyor Sa’dulla Abdullaeva boshchiligida rejalashtirilayotgan konsert dasturi joriy yilning 25-26 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Konsert dasturida nafaqat Sardor O‘rtach, balki o‘zbek estradasining boshqa taniqli xonandalari ham ishtirok etishi kutilmoqda deb xabar beradi Qalampir.uz.

Ma’lumot uchun, Sardor O‘rtach O‘zbekistonda ilk bor konsert dasturini taqdim etmoqda. Xonanda bundan bir necha yil avval Toshkent shahridagi Yakkasaroy to‘yxonasida o‘tkazilgan to‘yga tashrif buyurib, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan duet qo‘shig‘ini kuylagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sardor O‘rtach Toshkentda o‘zbek xonandalari bilan konsert beradi