23:25 / 09.08.2017
7 831

"Yoshlar" teleradiokanali direktorligidan voz kechgan Nazarbekov vazir o‘rinbosari bo‘ldi

"Yoshlar" teleradiokanali direktorligidan voz kechgan Nazarbekov vazir o‘rinbosari bo‘ldi
Avvalroq, 9 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev videoselektor o‘tkazgani, unda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor Sayfullaevni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlagani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda ishtirok etgan “Qalampir.uz” manbasiga ko‘ra, Baxtiyor Sayfullaevning birinchi o‘rinbosari lavozimiga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tayinlangan.

Joriy yilning fevral oyidan buyon Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Minhojiddin Hojimatov vazifasidan ozod etilgan. Uning qaysi lavozimga o‘tkazilgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev biroz avval, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni "Yoshlar" teleradiokanali direktori lavozimiga tayinlagan edi. Ko‘p o‘tmay Nazarbekov bu mas’uliyatli lavozimdan o‘z xohishiga ko‘ra voz kechgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Yoshlar" teleradiokanali direktorligidan voz kechgan Nazarbekov vazir o‘rinbosari bo‘ldi