22:54 / 11.08.2017
12 872

Gapirgan gapim «Bor, yo‘qol, mishiqi!» Jamila G‘ofurova barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi

Gapirgan gapim «Bor, yo‘qol, mishiqi!» Jamila G‘ofurova barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi
Aktrisa Jamila G‘ofurova «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Suhbat davomida aktrisa umri mobaynida bo‘lib o‘tgan kastinglar haqida gapirib, «Dilxiroj» filmi uchun bo‘lgan kasting jarayonida bosh rol ijrochisi Sevinch Mo‘minovaning roli uchun kasting topshirgani, ammo to‘lachaligi tufayli kastingdan o‘ta olmagani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Birinchi o‘ynagan kinomning o‘zidayoq kasting topshirganman. «Meshpolvon» deb nomlangan bolalar uchun ishlangan filmning kastingidan o‘ta olmaganman. Undan so‘ng 16 yoshimda «Dilxiroj» deb nomlangan filmda Alisher Hamroyev, Sevinch Mo‘minovalar bilan birga kelganman. O‘shanda to‘lachaligim uchun bosh rolga olishmagan.

«Dilxiroj» filmda kasting ham bo‘lmagan, «siz qaysi rolga keldingiz», deyishganida «men bosh rolga keldim, bosh rolni o‘ynayman», deganman. O‘shanda rejissyor «Jamila agar bosh rolni o‘ynamoqchi bo‘lsangiz ozishingizga to‘g‘ri keladi, siz ozgina to‘lachasiz», degan edi. Haqiqatdan ham to‘lacha qiz edim, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmas edim, biroq kim o‘zini «men to‘laman, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmayman», deb aytadi.

«Mayli kichkina bo‘lsa ham rol beringlar, kamerani oldida ishlashni o‘rganishim kerak», deganim uchun menga Sevinchning dugonasi rolini berishgan edi.
Suratga olish ishlari Surxondaryo viloyatida bo‘lgan edi. Tasvirga olish ishlari qirq kun davom etgan bo‘lib, mening rolim dastlabki kunlardayoq o‘tib bo‘lgan, ikki sekundlik rol edi.

O‘sha filmda gapirgan gapim hozir ham esimda: «bor, yo‘qol, mishiqi» so‘zlaridan iborat jumla edi. Rolimni o‘ynab bo‘lgandan so‘ng ham ketmasdan rejissyorga «u, bu o‘tib ketadigan joylari bo‘lsa o‘ynarman», deb suratga olish maydonchasidan ketmasdan, qirq kun qolganman.

Aktrisa suhbat davomida bolaligi, oilasi, Shakiraga qilgan taqlidi va allambalo raqsi, «E’tirof» mukofoti, umuman aktyor va aktrisalarning mukofotlanish tartibi haqida e’tirozlari, ochiq kiyinishiga bo‘lgan e’tirozlar haqidagi barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi.
Jamila G‘ofurova bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gapirgan gapim «Bor, yo‘qol, mishiqi!» Jamila G‘ofurova barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi