14:36 / 14.08.2017
13 007

Munisa Rizaeva: "Ota-onam ajrashgan. Bu nima ekanligini juda yaxshi bilaman"

Munisa Rizaeva: "Ota-onam ajrashgan. Bu nima ekanligini juda yaxshi bilaman"
Xonanda Munisa Rizaeva jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda hozir kundagi ayol xonandalar va aktrisalar nomini oqlash uchungina turmushga chiqayotgani va ajrimlar ko‘payib ketayotgani haqida gapirdi.

"Ota-onam ajrashgan. Ular ajrashganida o‘zimdan nima o‘tganini o‘zim bilaman. Bu judayam qiyin masala. Bugungi kunda aktrisalarimiz, ayol xonandalarimiz 'galochka' uchun turmushga chiqyapti. Birovlarning oilalarini buzyapti. Ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi xotin bo‘lishyapti. Qizlarimiz o‘zini umuman hurmat qilmaydi. Bu gaplarimdan kimnidir xafa qilib qo‘yayotgan bo‘lsam, uzr. Lekin bu mening nuqtai nazarim. Mendan muxlislarim ko‘p so‘rashadi. 'Qachon turmushga chiqasiz?', deb. Turmushga chiqish o‘yinchoq narsa emas.

Men 31 yoshga kirdim. Har doim Ollohdan so‘rayman. Mening peshonamga faqat bir inson yozilgan bo‘lsin. U bilan turmush qurib, bir umr baxtli hayot kechiray. Ko‘p farzandlarning onasi bo‘lishni orzu qilaman. Kamida 5 nafar farzandning onasi bo‘lishni istayman",—deydi Munisa Rizaeva.


Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizaeva: "Ota-onam ajrashgan. Bu nima ekanligini juda yaxshi bilaman"