O‘zbek shou-biznesi olamiga noan’anviy yo‘nalishdagi qo‘shiqlari bilan kirib kelgan xonanda Munisa Rizaeva ijtimoiy tarmoqlarda ham eng faol ijodkorlardan hisoblanadi. Ijodidagi yangiliklar bilan birga, shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni ham yashirmaydigan Munisa yana bir “dovon”dan oshdi.
Gap shundaki, shu vaqtgacha Instagram sahifasiga 3955 ta fotosurat joylagan Munisa Rizaevaning kuzatuvchilari soni roppa-rosa 1 million kishiga etdi. Shu munosabat bilan u muxlislariga ingliz tilida o‘ziga nisbatan ishonch va muhabbat uchun minnatdorchilik bildirdi.
Darvoqe, xonanda shu yilning oktyabr oyida “Istiqlol” san’at saroyida uch kunlik konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirgan. U so‘nggi bor 2015 yilda o‘z muxlislari bilan sahna orqali yuzma-yuz ko‘rishgandi.
Avvalroq, aktrisalar Asal Shodieva va Zarina Nizomiddinova, hamda xonanda Rayhon ham 1 millionlik “dovon”dan o‘tganliklari haqida xabar bergan edik. Bu borada ko‘plab muxlislarga ega bo‘lgan Shahzoda esa birinchilardan bo‘lib, ya’ni 2016 yilning oxirida instagram orqali million muxlisga ega bo‘lgandi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi