23:40 / 30.08.2017
9 450

Mavluda Asalxo‘jayeva: “Xalqning topganini halol-haromga ajratish Erkin Komilovga qoldimi?”

Mavluda Asalxo‘jayeva: “Xalqning topganini halol-haromga ajratish Erkin Komilovga qoldimi?”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 3 avgust kuni ijodkorlar ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda to‘ylardagi ortiqcha dabdaba va shuhratparastlik illatlariga barham berish, to‘ylarni milliy urf-odatlarimizga tayangan holda, keraksiz sarf-xarajatlardan xoli o‘tkazish haqida gapirganidan so‘ng, bu masala muhokamalar maydonining asosiy mavzusiga aylandi.

Bundan bir necha kun avval, internet tarmog‘ida O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning to‘ylar mavzusidagi intervyusi tarqaldi. Unda aktyor dabdabali to‘ylarni haromdan pul topganlar qilayotganiga iddao qilgan. Aktyorning bu gapi ijtimoiy tarmoqlar va xalq orasida ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Internet orqali aktyorning aytganlariga nisbatan qarshi fikr bildirganlar soni tobora ortib bormoqda.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva Instagram’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, Erkin Komilovning gaplariga o‘z munosabatini bildirdi.

“To‘g‘ri, to‘ylarimizda kundan-kunga dabdaba, ortiqcha sarf-xarajatlarga berilish odatlari uchramoqda. Ba’zi odamlar farzandi baxtini mol-dunyoda deb biladi, afsuski. Nima bo‘lgan taqdirda ham ustoz san’atkor Erkin Komilovning dabdabali to‘y qilayotganlarni pulni haromdan topganga chiqarishlarini to‘g‘ri deb bilmayman.

Biz san’atkorlar shu xalqning xizmatini qilamiz, to‘yiga, yaxshi kuniga boramiz, pulini olamiz. Pulini olib turib, yana o‘sha pulni harom deyishimiz to‘g‘rimi? Erkin Komilovning o‘zi ham to‘ylarga borgan, boshlovchilik qilgan, u kishiga ham xalqimiz mehnati uchun haq to‘lagan. Xo‘sh, xalqning topganini halol-haromga ajratish Erkin aka qoldimi? Menimcha, yo‘q. Inson gapirayotgan gapini o‘ylab, birovga ozor bermaydigan qilib gapirishi, donishmandlarcha, yoshiga mos holda yotig‘i bilan tushuntirishi kerak. Pulingizni dabdabaga sarflaguncha davlat ravnaqiga hissa qo‘shing, korxona yoki xususiy biznesingizni tashkil qiling, odamlarga yordam qo‘lini cho‘zing desalar, yaxshi bo‘lardi. Vaqti kelib Erkin akani ko‘rsam, bu gaplarni u kishining o‘ziga aytaman”, deydi Asalxo‘jayeva.

Manba: Qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mavluda Asalxo‘jayeva: “Xalqning topganini halol-haromga ajratish Erkin Komilovga qoldimi?”