07:31 / 02.09.2017
9 235

Yulduz Usmonova 11 yildan so‘ng mustaqillik bayramida (Video)

Yulduz Usmonova 11 yildan so‘ng mustaqillik bayramida (Video)
31 avgust kuni Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

2006 yilgacha Navro‘z, Mustaqillik bayramlari munosabati bilan tashkil etiladigan ommaviy bayram tadbirlarini O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Vatan haqidagi maxsus qo‘shiqlar bilan yakunlar edi. Usmonovaga qo‘yilgan cheklovlar sabab uning tantanalardagi o‘rnini O‘zbekiston xalq artislari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova egallagan edi.

Oradan 10 yil o‘tib, 2016 yilning dekabr oyida Yulduz Usmonova O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi bayram konsertida “Hamroz bilan” nomli qo‘shig‘ini kuylab chiqdi, ammo bu konsert dasturining final qo‘shig‘i bo‘lmadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram konsertida Yulduz Usmonova final qo‘shig‘ini kuylash borasida yo‘qotgan mavqeini tiklab oldi. chiqishini ko‘pchilik kutgan edi. Xonanda bayram tadbiri so‘nggida To‘ra Sulaymon she’ri bilan yaratilgan “Xalq bilan bo‘l” nomli qo‘shiqni kuylab chiqdi. Usmonova qo‘shiq kuylayotgan mahal sahnaga o‘rnatilgan katta monitorda o‘tgan bir yil ichida O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga oid videolavhalar namoyish etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova 11 yildan so‘ng mustaqillik bayramida (Video)