23:45 / 13.09.2017
7 427

Kreml saroyida O‘zbekistonning madaniyat kunlari ochildi

Kreml saroyida O‘zbekistonning madaniyat kunlari ochildi
12 sentyabr kuni Rossiyaning Kreml saroyida O‘zbekistonning madaniyat kunlari ochildi. Tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning 25 yilligiga bag‘ishlanadi.

Tantanali marosimda RF madaniyat vaziri o‘rinbosari Vladimir Aristarxov, O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ishtirok etadi.

Kreml saroyining sahnasiga «O‘zbekiston» va «Navbahor» ansambllari, «Maqom» xalq musiqa ansambli, «O‘zbegim» guruhi, O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri, Farruh Zokirov boshchiligidagi «Yalla» vokal-cholg‘u ansambli chiqadi. O‘zbekistonlik mashhur opera yakkaxonlari Motsart, Verdi, Puchchini operalaridan ariya ijro etishadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston kunlari doirasida 13 sentyabr kuni Umumrossiya amaliy-dekorativ va xalq san’ati muzeyida “O‘zbekiston madaniy me’rosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida” davra suxbati bo‘lib o‘tadi. Unda Ermitaj, Tretyakov Gallereyasi, Rossiya milliy kutubxonasi, Rossiya etnografiya muzeyi, RFA Sharq qo‘lyozmalari instituti vakillari ishtirok etishadi.

Davra suxbati doirasida Rossiyaning yetakchi muzey va kutubxonalariga “O‘zbekiston madaniy me’rosi dunyo to‘plamlarida” besh tomli nashrining taqdimoti o‘tkaziladi. Bundan tashqari shu kuni muzeyda o‘zbek san’at asarlari ko‘rgazmasi ochiladi.

Madaniyat kunlari 14 sentyabr kuni o‘zbekistonlik san’at ustalarining konsert dasturi bilan yakunlanadi.

O‘zbekiston kunlari doirasida o‘tadigan tadbir tashkilotchilari Rossiya Federatsiyasi madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, RFdagi O‘zbekiston elchixonasi va O‘zEOAVMA.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kreml saroyida O‘zbekistonning madaniyat kunlari ochildi