00:36 / 17.09.2017
8 416

Kun kulgisi

Kun kulgisi
105 ga kirgan yevrey xastalanib yotardi. Yoniga 108 ga kirgan do‘sti kirib so‘radi:

— Nima bo‘ldi, Abram?

— E, ahvolim og‘ir. Hoynahoy, narigi dunyoga ketish yaqinga o‘xshaydi.

— Menga qara, Abram, uyoqqa borganingda mabodo «Izya qalay?», «Izya qayerda?», deb so‘rashsa, «Ko‘rganim yo‘q», deb javob qilgin, xo‘pmi?!.
* * *
Ovchi do‘stiga dedi:

— Kecha o‘rmonga ov qilish uchun borgandim. Sherni ko‘rib qoldim. Yaramas aksiga olgandek miltiq otilmasa bo‘ladimi! Sher menga tashlandi, qochdim! Yetib olay deganda, jonholatda daraxt ustiga chiqib ketibman! Ishonasanmi, sher kutilmaganda sirpanib ketdi-yu, boshi bilan daraxtga kelib urildi.

— Vo, dahshat-ku! Sening o‘rningda bo‘lsam, allaqachon ishtonimni… Haligiday… Iflos qip qo‘ygan bo‘lardim.

— To‘ppa-to‘g‘ri… Xo‘sh, o‘zing sher nimaga sirpanib ketdi deb o‘ylaysan?..
* * *
Tanishi erkakdan so‘radi:

— Sen xotiningni 8 martda tabriklaysanmi?

— Yo‘q, biz intelligent oilamiz.
* * *
Erkak lotereya o‘ynab 1 million dollar pul yutib oldi. Do‘stlari undan so‘rashdi:

— Shuncha pulni nimaga sarflamoqchisan?

— Qarzlarimni uzaman.

— Qolganlari-chi?

— Qolganlari yana lotereyadan pul yutgunimcha kutib turishadi.
* * *
Erkak do‘stiga hasrat qilyapti.

— Odamlar juda shafqatsiz bo‘lib ketishibdi.

— Nega?

— Kecha bardan chiqib uyga ketayotgandim… Qo‘l-oyoqlarimni ezg‘ilab tashlashdi.
* * *
Er kechqurun ishdan qaytgach, xotini tayyorlagan bir-biridan mazali taomlarni ishtaha bilan tanovul qildi. Keyin esa dedi:

— Xotin, o‘lay agar, kechki ovqat judayam mazali bo‘pti. Maza qildim!.. Xudo shohid, mabodo meni tashlab birovga tegib ketgan taqdiringdayam, baribir kechki ovqatni sizlarnikiga borib yeyman!
* * *
Poyezd kupesida begona erkak va ayol o‘tirishardi. Bir mahal erkak dedi:

— Ko‘nglim sezyapti, hoynahoy, hozir xotinim menga xiyonat qilayotgan bo‘lsa kerak.

Ayol javob qildi:

— Meniyam ko‘nglim g‘ash. Hoynahoy, erim begona ayol bilan don olib o‘tiribdi-yov!

— Xonim, keling, ulardan qasos olamiz!

Qasos olindi. Bir mahal ayol erkakni turtib dedi:

— Sizning o‘rningizda bo‘lsam, turmush o‘rtog‘imdan xiyonati uchun qasos olaverardim, qasos olaverardim, qasos olaverardim!

Erkak to‘ng‘illab javob qildi:

— Mening uzoq vaqt gina saqlaydigan odatim yo‘q.
* * *
Firmachning xotini eridan xabar olish uchun ofisiga kelgandi. Kirsa, kotiba erining tizzasida o‘tiribdi. Er xotinini ko‘rgach, sira hayajonlanmay, qo‘rqmay, dedi:

— Yozing, Jamilaxon, garchi firmamiz moliyaviy inqirozga uchragan bo‘lsa-da, mening kabinetim uchun yana bitta kursi sotib olishimiz shart!
* * *
Buyurtmachi qurilish brigadasi rahbariga dedi:

— Binomizning devorlari juda yupqaga o‘xshayapti-ku!

— Yo‘q, yupqa emas, aka! Hali bu devorlarga gulqog‘oz ham yopishtiramiz!
* * *
Er xotinidan so‘radi:

— Agar men lotereya o‘ynab yuz million so‘m pul yutvolsam, nima qilarding?

— Yarmisini tortib olardim-da, sizminan shartta ajrashardim.

— Shunaqami? Unda quloq sol. Men bugun ikki ming so‘m pul yutib oldim. Mana, ming so‘mini ol-da, mening uyimdan qorangni o‘chir!

Olimjon HAYIT tayyorladi

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kun kulgisi