23:40 / 18.09.2017
4 948

Shohrux XON so‘z sizga

Shohrux XON so‘z sizga
Bollivud qiroli, hind aktyori, prodyuseri, boshlovchisi, eng yaxshi erkak roli uchun «Filmfare Award» mukofotini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordsmen, Fransiyaning San’at va Adabiyot ordeni sovrindori, Shohrux Xon 1965 yilda Hindistonda tug‘ilgan. U 1988 yildan boshlab to shu kunga qadar 30dan ortiq filmlarda esda qolarli rollarni ijro etib kelmoqda.

1. «Ayol va bolalarga qo‘l ko‘targanimdan ko‘ra o‘lganim afzal».

2. «Men tan olingan bo‘lishni yoqtiraman, meni sevuvchi insonlarni sevaman. Odamlar meni ko‘rganlarida baqirib olqishlashlarini juda yoqtiraman. Bir kun kelib bular yo‘q bo‘ladi, ammo men bu haqda o‘ylagim ham yo‘q”.

3. «Negativ inson bo‘lmang, aks holda hamma negativ yuzingizga uradi, natijada ajinlar paydo bo‘ladi».

4. «Menda Napaleondan bir parcha bo‘lsa edi. Qancha urinsam ham Maxatma Gandi va Tereza Ona kabi bo‘la olmayman».

5. «Hech qanday muammo qo‘rqinchli emas, agar sizni uyda sizni yaqinlaringiz kutishayotgan bo‘lsa».

6. «Insonlar haqida yaxshi narsalarni o‘ylay olmasangiz, unda ular haqida yomon fikrlarga ham bormang».

7. «Men ayolimga uylanish oldidan uning ko‘nglini olish maqsadida kichik-kichik sovg‘alar xarid qilardim. Shulardan biri sochni jingalak qiluvchi ploykadir. Bir do‘konda ayollarning uni maqtashayotganini eshitib darrov sotib olganman. To‘ydan keyin bilsam u ishlamagan ekan».

8. «Ba’zida rafiqam boshqa joyda bo‘lganida usiz hech narsa yo‘qligini his qilaman. Hech qanday hayot, hech qanday uy, hech qanday baxt Gaurisiz yo‘q. U mening kuch manbaim, madadim. Men u va bolalarim yonimda ekanligidan juda baxtiyorman! Bu juda ajoyib va buning hammasiga Gauri sababchi».

9. «Men hech qachon uyga kelganimda charchadim, demayman. Charchasam, faqat o‘z ishimdan charchayman. Ayolim, men yoqtirgan ish bilan shug‘ullanishga shunchalik ko‘p erkinlik berib qo‘ygan ekan, nega men unga charchaganimni ko‘rsatishim kerak. Ularga iloji boricha ko‘proq vaqt ajratishga harakat qilaman».

Manba: Darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shohrux XON so‘z sizga