09:34 / 19.09.2017
4 165

Jolining yangi filmi boshqa mamlakat nomidan «Oskar»ga nomzod

Jolining yangi filmi boshqa mamlakat nomidan «Oskar»ga nomzod
Anjelina Jolining «Ular avval otamni o‘ldirishdi» filmi Kambojadan «Chet tilidagi eng yaxshi film» nominatsiyasida ilgari surildi. Kun.uz shu haqida xabar berdi.

Kartina kambojalik yozuvchi va huquq himoyachisi Lung Ang va uning «qizil xemerlar» rejimi haqidagi xotiralariga bag‘ishlangan. Joli u ayol bilan 2002 yilda, Kambojadagi birinchi gumanitar missiyasi vaqtida tanishgan.

Anjelina Joli Amerika va Kamboja fuqaroligiga ega. Uning o‘g‘illaridan biri Kambojada tug‘ilgan.

Filmni moliyalashtirish ishlari bilan Netflix onlayn-servisi shug‘ullangan. Lenta Shimoliy Amerika prokatiga chiqadi va bu unga boshqa «Oskar» nominatsiyalari uchun kurashish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jolining yangi filmi boshqa mamlakat nomidan «Oskar»ga nomzod