02:49 / 19.09.2017
8 232

«Labbay rais» filmi sentyabr oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

Rejissyor Otabek Mirzaxolovning «Labbay rais» filmi sentyabr oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
«Labbay rais» filmi sentyabr oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Sentyabr oyining uchinchi haftasi kinoreytingida «Labbay rais» filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Axrorovning «Qaysarginam 2», Aziz Rametovning «Arslon izidan», Otabek Mirzaxolovning «Jonim yig‘loqi», Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning «Ahmadboy va Rahmatboy», filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda «Qobiliyat», «Aldagani quda yaxshi», «Bebahoginam» kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

11 sentyabr — 17 sentyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. «Labbay rais» (komediya)
Rejissyor – Otabek Mirzaxolov

2-o‘rin. «Qaysarginam 2» (komediya)
Rejissyor – Azamat Axrorov

3-o‘rin. «Arslon izidan» (jangari, drama)
Rejissyor – Aziz Rametov

4-o‘rin. «Jonim yig‘loqi» (komediya)
Rejissyor – Otabek Mirzaxolov

5-o‘rin. «Ahmadboy va Rahmatboy» (komediya)
Rejissyor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Labbay rais» filmi sentyabr oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi