07:30 / 20.09.2017
9 530

Islom Karimov hayotiga bag‘ishlangan kitoblarni Tatyana Karimova qabul qilib oldi

Islom Karimov hayotiga bag‘ishlangan kitoblarni Tatyana Karimova qabul qilib oldi
19 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy majmuada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Baqtriya-press” nashriyoti tomonidan Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy majmuaga O‘zbekistonning Birinchi Prezident faoliyatiga bag‘ishlangan 500ga yaqin kitob taqdim etildi.

Kitoblar o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida tarjima etilgan bo‘lib, mustaqillik yillarida nashr etilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Islom Karimov xotirasini yod etish hamda “My First President”, ya’ni “Mening Birinchi Prezidentim” deb nomlangan ingliz tilidagi insholar to‘plamining taqdimoti munosabati bilan tadbir o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik, deb yozadi Qalampir nashri.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Islom Karimov hayotiga bag‘ishlangan kitoblarni Tatyana Karimova qabul qilib oldi