19:01 / 21.09.2017
8 912

Tom Kruz suratga olish ishlarida halok bo‘lgan ikki nafar uchuvchining o‘limida ayblanmoqda

Tom Kruz suratga olish ishlarida halok bo‘lgan ikki nafar uchuvchining o‘limida ayblanmoqda
Amerikalik aktyor Tom Kruz «Amerikada ishlangan» filmining suratga olish jarayonida halok bo‘lgan ikki nafar uchuvchining o‘limida ayblanmoqda. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Uchuvchilarning qarindoshlarini ta’kidlashicha, film rejissyori Dag Layman avval boshida ko‘zda turilmagan holda suratga olish kunlarini ko‘paytirib, uchuvchilarning ko‘proq uchishga majbur qilgan. Tom Kruz esa uni qo‘llab-quvvatlagan.

Oqibatda ikki motorli samolyot Kolumbiyadagi tog‘larga borib urilgan va ikki nafar uchuvchi (Alan Purvin hamda Karlos Berl) vafot etgan, uchinchi uchuvchi esa omon qolgan, biroq u endi hech qachon yura olmaydi.

Prodyuserlardan birining qayd etishicha, suratga olish ishlarining yakuni 48 soat davom etgan bo‘lib, bu uning tajribasidagi «eng ahmoqona» harakat bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tom Kruz suratga olish ishlarida halok bo‘lgan ikki nafar uchuvchining o‘limida ayblanmoqda