19:22 / 22.09.2017
9 448

«Axborot 24» ko‘rsatuvi boshlovchisi Shuhrat Rahmatjonov YTHda og‘ir jarohat oldi

«Axborot 24» ko‘rsatuvi boshlovchisi Shuhrat Rahmatjonov YTHda og‘ir jarohat oldi
«Axborot 24» boshlovchisi Shuhrat Rahmatjonov jiddiy avtohalokatga uchradi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Hodisa 20 sentyabr kuni tong saharda «O‘zbekiston 24» telekanali boshlovchisi televideniyedan uyiga qaytayotganida sodir bo‘ldi. Lacetti mashinasi katta tezlik bilan Shuhrat Rahmatjonovning Malibu avtomobiliga kelib urilgan.

Suxandon ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanmoqda. Unga kelib urilgan Lacetti avtomobili haydovchisi ham og‘ir jarohat olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Axborot 24» ko‘rsatuvi boshlovchisi Shuhrat Rahmatjonov YTHda og‘ir jarohat oldi