09:50 / 13.10.2017
14 181

“Doktor Xaus” seriali haqida qiziqarli faktlar

“Doktor Xaus” seriali haqida qiziqarli faktlar
Ko‘pchilikning sevimli serialiga aylangan “Doktor Xaus” haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar:

1. 2004 yilning 16 noyabr kunidan butun dunyo bo‘ylab mashhurlika erisha olgan “Doktor Xaus” seriali ekranga chiqa boshladi. Serial sakkizta mavsumdan iborat bo‘lib, sakkiz yil davomida suratga olingan va ijodkorlarga “Emmi”, “Pibodi” kabi mukofotlarni keltirgan.

2. Bosh rol ijrochisi Xyu Lori ijtimoiy antropologiya yo‘nalishida tahsil olgan. Shuningdek Lori professional sport bilan ham shug‘ullanadi.

3. Xyu Lori ko‘plab musiqiy asboblar – saksofon, garmoshka, pianino, barabanni mohirlik bilan chala oladi. U “Band From TV” nomli Los-Anjeles hayriya rok guruhi xonandasidir.

4. Xyu Lori serial kastingiga bosh rol emas, doktor Uilson roli uchun sinov topshirishga kelgan va taqdir taqozosi bilan bosh rolga erishgan.

5. Serialdagi barcha voqealar Priston universitetida joylashgan Frist klinik markazida bo‘lib o‘tadi.

6. Doktor Xaus va doktor Kardi roli ijrochilarining ikkisi ham shifokorlar oilasida ulg‘ayishgan.

7. Xyu Lori Britaniya dramaturgiyasiga qo‘shgan hissasi uchun Britaniya imperiyasi ofitseri ordeniga sazovor bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Doktor Xaus” seriali haqida qiziqarli faktlar