19:04 / 14.10.2017
7 569

Bahrom Nazarov konserti oldidan muxlislarga yangi taronasini taqdim etdi (Audio)

Bahrom Nazarov konserti oldidan muxlislarga yangi taronasini taqdim etdi (Audio)
Xonanda Bahrom Nazarov 14-15-16 noyabr kunlari o‘zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi haqida avvalroq xabar qilgandik.

Xonanda dasturda kuylashni rejalashtirgan yangi taronasini barcha radio to‘lqinlar orqali premera qildi.

“Xato qildim…” deb nomlangan o‘ziga ohanraboday tortuvchi tarona so‘zlari O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi qalamiga mansub bo‘lib, xalq musiqasi asosida yaratilgan. Taronaga Abdulaziz Hasanov musiqiy sayqal bergan.

Xonandani yana bir butun ijodiy asar bilan muborakbod etamiz. Bizningcha ushbu taronaga, qo‘shiq vazniga mos video asar olish ayni mudao bo‘lar edi.
Taronani saytimizda tinglab baho bering!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bahrom Nazarov konserti oldidan muxlislarga yangi taronasini taqdim etdi (Audio)