15:10 / 15.10.2017
8 903

Amir Xon hazilkash turk muzqaymoqchilariga ro’baro’ keldi

Amir Xon hazilkash turk muzqaymoqchilariga ro’baro’ keldi
Mashhur Bollivud aktyori va prodyusseri hamkasblari orasida o‘zining hazilkashligi bilan ajralib turadi. Uning turli-tuman hazillariga laqqa ishongan aktyor va aktrisalar ham Bollivudda talaygina. Ammo yaindagina aktyorning o‘zi Turkiya safarida muzqaymoqchilar antiqa hazili nishoniga aylandi.

Ayrim muzqaymoq sotuvchilari shirinlik tayyorlash jarayonini katta tomoshaga aylantirib, shunchalar ko‘p cho‘zib yuborishadi-ki, haridor o‘z muzqaymog‘ini sotuvchi qo‘lidan tortib olishga majbur bo‘ladi. Aktyor ham ana shunday muzqaymoqchilardan biriga ro‘baro‘ kelib qoldi va ushbu hazil uni behad sevintirdi. Bollivud yulduzi muzqaymoqning tayyorlanish jarayonini tasmaga muhrlab, Tvitterdagi sahifasida o‘z muhlislari bilan bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, Aktyor Turkiyaga shunchaki dam olish uchun tashrif buyurgani yo‘q. U “Yil erkagi – 2017” mukofotining g‘oliblaridan biriga aylangan. Bundan tashqari aktyor turk o‘lkasida ish bo‘yicha bir nechta uchrashuvlarda bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amir Xon hazilkash turk muzqaymoqchilariga ro’baro’ keldi