16:00 / 20.10.2017
8 908

Siz sevgan qahramon: Odri Xepbern haqida 10 fakt

Siz sevgan qahramon: Odri Xepbern haqida 10 fakt

1. Aktrisa oliynasab insonlar avlodi sanaladi. Uning onasi Golland baronessasi unvoniga ega bo’lgan.

2.Ikkinchi jahon urushi yillarida Odri sikoriy yaproqlari va lola piyozi bilan oziqlangan. Uning o’ta ozg’in ekanligi buzilgan moddalar almashinuvi jarayoni alomatidir.

3.Urush yillaridan so’ng Odri maktabda balet bilan shug’ullana olishi uchun uning baronessa unvoniga ega onasi badavlat xonadonlarning birida xizmatkor bo’lib ishlagan.

4.Kino olamida Ketrin Xepbern ismli aktrisa bo’lgani sababli studiyalar Odridan o’z familiyasini almashtirishlarini talab qilishgan. Aktrisa esa bu talablarning bariga rad javobini bergan.

5.“Rim ta’tillari” filmidagi Anna roli uchun avvaliga Elizabet Teylor taklif etilishi rejalashtirilgan, ammo mazkur rol aynan Odriga nasib etgan.

6.Odri Xepbern o’ta tarbiyali inson bo’lgani tufayli uning davradoshlari orasida ham hech kim ahloq-odob doirasidan chetga chiquvchi so’zlarni ishlatib gapirmagan.

7.Aktrisa ishtirok etgan filmlarning biri premyera etilganda uni tabriklash uchun Marlen Ditrixning o’zi shaxsan tashrif buyurgan.

8.Odrining sevimli modelyeri Yuber de Jivanshi bo’lgan.

9.Odri hamisha bir-biriga o’xshash rollari orqali shuhrat qozongan. Uning boshqa ampuladagi qahramonlari katta muhlislar auditoriyasini yig’a olmagan.

10. Odri to’qishni juda yaxshi ko’rgan. Suratga olish ishlari davomidagi tanaffuslar chog’ida ham uni biror nima to’qib o’tirgan holatda ko’rish mumkin bo’lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Siz sevgan qahramon: Odri Xepbern haqida 10 fakt