18:04 / 20.10.2017
6 210

Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi

Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi
Madaniyat vazirligi davlat arbobi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmatiga tayanib Uz24.uz xabar beradi.

Xabarda qayd etilishicha, Prezidentning “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sharof Rashidovning yorqin xotirasini abadiylashtirish uchun “Sharof Rashidov” nomli muzey ochilishi rejalashtirilgan.

Mazkur muzeyni yanada boyitish uchun atoqli davlat arbobining shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan fotosurat, sovg‘a tariqasida hadya qilingan buyumlar, dastxatlari tushirilgan kitoblar va boshqa vositalar vazirlik tomonidan xarid qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi