16:19 / 21.10.2017
7 546

"O‘zbekkonsert" rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

"Ўзбекконцерт" раҳбариятида ўзгариш юз берди
Joriy yilning 23 oktyabridan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga vaqtincha rahbar vazifasini bajaruvchi etib, ushbu muassasaning “Konsert tomosha faoliyatini litsenziyalash” boshqarmasi boshlig‘i Odil Abdug‘aniyevich Abduqahhorov tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Shu vaqtga qadar vaqtincha rahbar vazifasini bajaruvchi sifatida Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori A.Haydarov faoliyat olib borayotgan edi.

Bugun mazkur masala yuzasidan bo‘lgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov O.Abduqahhorovni jamoaga tanishtirdi. Yig‘ilishda vazirlikning boshqarma boshliqlari hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining barcha xodimlari ishtirok etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "O‘zbekkonsert" rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi