O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon nafaqat ijod borasida, balki jamoat ishlarida faolligi bilan ham boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda. Paxta dalalarida konsert berish bilan birgalikda, etakni olib paxta tergan xonanda endi ko‘ngilli muxlislarini ham paxta dalasiga taklif etdi.
Sardor Rahimxon ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga video joylashtirdi. Unda xonanda 29 oktyabr soat 09:00 da ko‘ngilli muxlislarini Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyi oldiga to‘planishlarini va Toshkent viloyatiga, bir kunlik paxta yig‘im-terimiga yo‘l olishlarini ma’lum qilgan. Albatta, ko‘ngilli muxlislarga xonandaning o‘zi va ijodiy jamoasi bosh-qosh bo‘ladi.
Sardor Rahimxonning ushbu tashabbusini muxlislari qatorida homiylar ham qo‘llab-quvvatladi. Toshkentdagi restoranlardan biri paxta dalasiga yo‘l oladigan ko‘ngilli terimchilarning tushligini o‘z gardaniga oldi. Boshqa homiylar esa sovg‘a-salomlarni va’da qilyapti.
Ko‘ngilli terimchilar paxta dalasiga avtobuslarda olib ketiladi. Xullas bosh tashkilotchi – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon paxta terimiga borish istagida bo‘lgan ko‘ngilli muxlislariga barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqchi.
Qiziq, paxtaga majburiy jalb qilinyapti, yotoq sharoiti yo‘q, ovqatlar bemaza deb bong urayotganlar shuncha sharoitdan keyin Sardor Rahimxonga sherik bo‘lisharmikin yo ijtimoiy tarmoqlar orqali suratlarni tomosha qilish bilan cheklanadilarmi?
“Zamin.uz” tahririyati ushbu xayrli ishda bosh-qosh bo‘layotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon va barcha tashkilotchilarga omad tilab qoladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi