09:04 / 13.11.2017
6 327

Alibaba Group asoschisi film bosh qahramoniga aylandi

Alibaba Group asoschisi film bosh qahramoniga aylandi
Alibaba Group asoschisi Jek Ma "Gong shou dao" ("Jang san’ati qo‘riqchilari") nomli qisqa metrajli filmda bosh rolni ijro etdi.

Film 11 noyabr, ya’ni Xitoyda an’anaviy ommaviy chegirmali sotuvlar yo‘lga qo‘yiladigan Bo‘ydoqlar kuni nishonlanadigan sanada katta ekranlarga chiqdi.

Film prodyuseri - mashhur jangari aktyor Jet Li, Jek Ma u bilan 2007 yildan buyon tanish. Qolgan rollarni mashhur aktyorlar va jang san’ati ustalari ijro etishgan - Donni Yen, Jeki Vu, Toni Jaa, boks bo‘yicha Olimpiya chempioni Szou Shimin, shuningdek tarixda eng yuqori mavqe - yokodzunaga erishgan mo‘g‘ulistonlik ilk jangchi Asasyoryu Akinori.

Syujetga ko‘ra, Jek Ma ko‘chada ketaturib, o‘tda muqaddas Xuashan tog‘larini ko‘radi. Ko‘zlarini yumib, birin-ketin qator jangchilar bilan ketma-ket kurasha boshlaydi.

Treyler oxirida aktyor Jeyson Steytem, bokschilar Menni Pakyao hamda Gennadiy Golovkin namoyon bo‘lishadi va Jek Ma bilan kelgusi janglarga ishora qilishadi.

Ishbilarmon 2015 yilda o‘zining tayszitsyuan - Xitoy jang san’atiga qiziqishi haqida gapirib o‘tgandi: "Tinchlan - ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Muvozanat saqla. Biznes - bu musobaqa, musobaqa esa quvnoq bo‘ladi. Biznes - sen o‘lib, men g‘olib bo‘ladigan jang maydoniga emas. Biznesda hatto sen o‘lsang ham, men g‘olib bo‘la olmayman".

2013 yilda ishbilarmon o‘z ko‘nikmalarini sahanada omma oldida namoyish qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alibaba Group asoschisi film bosh qahramoniga aylandi