21:30 / 24.11.2017
8 479

Jim Kerri sevgilisining o’limidan keyingi tushkunlik holatidan qanday qilib qutulgani haqida so’zladi

Жим Керри севгилисининг ўлимидан кейинги тушкунлик ҳолатидан қандай қилиб қутулгани ҳақида сўзлади
55 yoshli Jim Kerri shu kunlarda og’ir tushkunlik holatidan qutulgani va depressiya uni yillar davomida ta’qib qilgani haqida so’zlab berdi. Aktyor karyerasining ayni avj paytida uni qiynoqqa qolgan ruhiy muammolarni hal qilishga o’rganganini ham qo’shimcha qilib o’tdi, deydi xorij nashrlaridan biri.

“Ayni paytda oxirgi yillar davomida ta’qib qilgan tushkunlik holati menda yo’q. Endi yomg’ir yog’ishini hotirjamlikda kuzata olaman. U baribir tinadi va meni cho’ktirib yubormaydi” deydi komik aktyor.

Ma’lumot uchun, ikki yil avval aktyorning 28 yoshli sevgan qizi Katriona Uayt Gollivud yulduzi bilan ayrilganidan keyin o’z joniga qasd qilgan edi. Qizning oila a’zolari esa uning o’limida Jim Kerrini ham ayblashgan. Kerri ularning ayblovlariga qarshi sud jarayonlari davomida javob bergandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jim Kerri sevgilisining o’limidan keyingi tushkunlik holatidan qanday qilib qutulgani haqida so’zladi