21:00 / 29.11.2017
6 245

Oybek va Nigora bolalarni urib yuboray degan marshrut ortidan tushdi (Video)

Oybek va Nigora bolalarni urib yuboray degan marshrut ortidan tushdi (Video)
Yo‘l harakati qoidalariga rioya etish yo‘lovchi yoki haydovchilarning burchi hisoblanadi.

2017 yil 15 martidan Toshkent shahrining 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar faol ishlayotgan bo‘lishiga yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining tunu kun mehnat qilayotganiga qaramay ayrim haydovchi va yo‘lovchilarning xatosi tufayli ko‘ngilsiz voqealar, YTHlar sodir bo‘lmoqda.

Bugun, 29 noyabr kuni soat 16:00 da Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasida, ya’ni “Xilton Tashkent” (sobiq Interkontenetal) mehmonxonasi qarshisidagi yo‘lda harakatlanayotgan 62-sonli yo‘nalishli taksi katta tezlikda svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamasdan, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan kishilarning, ayniqsa yosh bolalarning hayotini xavf ostida qoldirdi.

Yosh bolalarning chaqqonligi evaziga xayriyatki mudhish hodisa sodir bo‘lmadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan 2016 yil 1 martdan amalda bo‘lgan Yo‘l harakati Qoidalarida qo‘yidagilar belgilab qo‘yilgan.

Jumladan, 109-bandda, Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyoda(lar)ni o‘tkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki to‘xtashi shart deb qat’iy qilib belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari 111-qismda Tartibga solingan piyodalar o‘tish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyoda(lar)ga qatnov qismini shu yo‘nalishda kesib o‘tishni tugallashiga imkon berishlari kerak deyilgan.

Video esa 62-sonli yo‘nalishli taksi haydovchisi yuqoridagi qoidalarning har ikkisiga amal qilmasdan, bir necha piyodaning hayotini xavf ostida qoldirganini ko‘rsatib turibdi.

Ayni yo‘nalishli taksi haydovchisi svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmay harakatlangan chorrahada, Oybek va Nigora to‘xtab turishgan edi. Ular bu vaziyatga befarq qaray olmay yo‘nalishli taksi ortidan borishdi.

San’atkorlar Oybek va Nigora avtomobil vedoregistratori orqali yozib olgan videoni esa bizga ulashishdi.

Bu videoni e’tiboringizga taqdim etishdan maqsad esa yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, uyda esa yaqinlarimiz kutishini yana bir bor eslatib qo‘yishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Oybek va Nigora bolalarni urib yuboray degan marshrut ortidan tushdi (Video)