18:00 / 30.11.2017
8 730

Dilso‘z: «Men birinchi uzr so‘rayman...» (Intervyu)

Dilso‘z: «Men birinchi uzr so‘rayman...» (Intervyu)
Xushovoz xonanda Dilso‘z farzandlar tarbiyasi, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari va ijodi haqida.
— Bugun Dilso‘z nimalar bilan band?
— Yangi klip olish arafasidaman. Farzandlar tarbiyasi bilan ham bandman, albatta.
— Bir vaqtda ham oila, ham ijod bilan shug‘ullanish qiyin
bo‘lmayaptimi? Axir hozir ikki farzandning onasisiz?

— Qiyin tomonlari ham bor, lekin yaqinlarim ko‘mak berib turishibdi. Shunga ijodni ham to‘xtatmayapman. Baxtimga onam, yaqinlarim omon bo‘lsin.
— Siz yaxshi onamisiz yoki rafiqa?
— Har ikkalasida ham yaxshi bo‘lishga harakat qilaman, albatta.
— Har bir oilada kichik janjallar bo‘lib turishi tabiiy. Mana shunday vaziyatlarda kim birinchi uzr so‘raydi?
— Men birinchi uzr so‘rayman.
— Farzandlaringiz qaysi kasbni tanlashini istardingiz?
— O‘zlari xohlagan kasbni tanlashlari tarafdoriman.
— Fikrimizcha Siz turmush o‘rtog‘ingiz xonanda Farruh Raimovga nisbatan mashhurroqsiz. Bu munosabatlarga halaqit bermayaptimi?
— Yo‘q xalaqit bermaydi. Ishonaman hali hammasi oldinda va san’at cho‘qqilarini birgalikda zabt etamiz.
— Ikki san’atkorning bir oilada yashashi qanchalik yaxshi va qanchalik bu munosabatlarga xalaqit beradi?
— Bu juda yaxshi. Chunki har doim bir-birimiz bilan maslahatlashamiz, qo‘llab-quvvatlaymiz.

— Chet el san’atkorlaridan kimgadir taqlid qilasizmi?
— Taqlid qilmayman, havas qiladiganlarim bor.
— Siz uchun shou-biznes?
— Qiziqarli va mashaqqatli olam.
— O‘zbek shou-biznesida qaysi xonandalar ijodini kuzatib borasiz?
— Deyarli ko‘pchilik xonandalarning ijodini kuzatib boraman.
— Kimlar bilan duet kuylashni istardingiz?
— Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova va Selin Dion bilan.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilso‘z: «Men birinchi uzr so‘rayman...» (Intervyu)