Yulduz Usmonova Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlab yangi qo‘shiq kuyladi

  • Madaniyat
  • 8-12-2017, 10:13
  • 1 050
  • Юлдуз Усмонова Конституция байрамига бағишлаб янги қўшиқ куйлади
    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yurt bayramlariga qanday hozirlik ko‘rishni, qanday sovg‘a tayyorlashni yaxshi biladi. Xonanda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga atab “Qalblarda Vatan” nomli yangi qo‘shiq yaratdi. Bu haqda qalampir.uz xabar berdi.

    O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov: “Eng go‘zal va dilbar qo‘shiqlar Vatan haqidagi qo‘shiqlardir. Bunday jozibador qo‘shiqlar el-elatlarni birlashtiradi, ularni tinch-totuv yashashga, Vatanni har tomonlama yuksaltirishga, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga va ko‘ksini qalqon qilishga da’vat etadi. Zamonlar o‘taveradi, ammo Vatan abadiydir. Vatanni sevish, suyub-ardoqlash, bor vujuding bilan jo‘shib kuylash esa eng oliy baxtdir”, degan edi.

    Vatanni madh etishda, u haqida eng go‘zal qo‘shiqlar yaratishda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga yetadigani bormi? Uning bundan 10-20-30 yil avval yaratgan qo‘shiqlari hamon tillarda, hamon musiqasi yangradi deguncha, qo‘shiqchiga jo‘r bo‘lamiz. “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston”, “Nima qildik Vatan uchun?”, “Elda bo‘lsin”, “Xalq bo‘l, elim” nomli qo‘shiqlarni tinglaganimiz zahot qalbimizda Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbatimiz yanada jo‘sh uradi.

    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yurt bayramlariga qanday hozirlik ko‘rishni, qanday sovg‘a tayyorlashni yaxshi biladi. Xonanda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga atab “Qalblarda Vatan” nomli yangi qo‘shiq yaratdi.
    Ushbu qo‘shiq she’ri so‘nggi vaqtlarda Yulduz Usmonovaning doimiy hamkoriga aylanib qolgan Amir Xudoyberdiga tegishli. Musiqani esa Yulduz Usmonovaning o‘zi yozgan. Qo‘shiqqa musiqiy sayqalni G‘ulom Tursunov bergan.

    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ijrosidagi “Qalblarda Vatan” nomli qo‘shiqni saytimizning musiqa bo‘limida tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatiga egasiz.