18:01 / 09.12.2017
5 148

Beyonsening “egizagi” Instagram yulduziga aylandi

Beyonsening “egizagi” Instagram yulduziga aylandi
Ayni kunlarda Michiganlik Brittani Uilyams surati Instagram ijtimoiy tarmog’idagi eng mashhur tasvirlardan biriga aylangan. Sababi, Brittani amerikalik mashhur xonanda Beyonsega ikki tomchi suvdek o’xshash.

Brittani Beyonsega shunchalar o’xshaydiki, uni ko’cha-ko’yda xonanda deb o’ylayotganlar ham topilyapti.

“Samolyotlar, aeroport va turli tadbirlargda yonimga kelishadi, yashirincha suratga olishadi, hazil-xuzul qilishadi” deydi xonandaning “egizagi”. Qizning aytishicha, kunlarning birida o’nlab qizlardan iborat muhlislar guruhi uning ortidan Beyonsening "Single Ladies" qo’shig’ini kuylab, quvlashgan ham.

Xabarda keltirilishicha, Brittani avvaliga bunda o’xshashlik sabab ko’pgina noqulay vaziyatlar bilan to’qnash kelgan, keyinchalik esa omma e’tiborida bo’lishga ko’nikkan.

Aytishlaricha, Brittanining o’zi ham Beyonsening ashaddiy muxlisasi ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Beyonsening “egizagi” Instagram yulduziga aylandi