16:14 / 11.01.2018
8 344

Farrux Zokirov raisligidagi “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” shu kungacha nimani qoyil qildi?

Farrux Zokirov raisligidagi “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” shu kungacha nimani qoyil qildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan yig‘ilish o‘tkazib, mavjud muammo va kamchiliklardan so‘z ochgandi.

O‘shanda davlat rahbari “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etish taklifini bergan edi. Ko‘p o‘tmay, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzurida “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, klub raisi sifatida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov tayinlandi.

Xo‘sh, o‘tgan vaqt mobaynida ushbu klub nimani do‘ndirdi, qanday ishni qoyil qildi? Prezident tanqid qilgan muammolarga yechim topishda klub qanday tashabbuslar bilan chiqmoqda? Yo bu tuzilma ham to‘yma-to‘y yuradigan hofizlarning, “birrov”dan ortganidagini vaqt topadigan mashvaratiga aylandimi?

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov muassasaning 2017 yilda amalga oshirgan ishlari, 2018 yildagi rejalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu masalaga ham e’tibor qaratib, shunday dedi:

“O‘zbekiston xalq artistlari klubi” tomonidan bir necha marotaba yig‘ilishlar o‘tkazildi. Hozirda hududlarda faoliyat yuritayotgan musiqa va san’at maktablarida ijodiy uchrashuvlar, master klasslar davom etmoqda.

Masalan, O‘zbekiston xalq artisti, Klub raisi Farrux Zokirov tomonidan Toshkent shahridagi 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida ijodiy uchrashuv hamda mahorat darslari tashkil etildi.

O‘zbekiston xalq artisti Maxmud Namozov Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi, 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari bilan uchrashib, master-klass tashkil etdi”.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Sayfullayevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov yanvar oyida Qoraqalpog‘istonning eng chekka hududlaridagi musiqa maktablariga borib, o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Farrux Zokirov raisligidagi “O‘zbekiston xalq artistlari klubi” shu kungacha nimani qoyil qildi?