12:30 / 12.01.2018
10 335

Janob Rasulning qo‘shiqlari «aylanishi»ga nega ruxsat berilmoqda? Chunki «xonanda pulini to‘lab qo‘ygan…»

Janob Rasulning qo‘shiqlari «aylanishi»ga nega ruxsat berilmoqda? Chunki «xonanda pulini to‘lab qo‘ygan…»
Avvalroq, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi 2017 yilda 28 nafar xonandaning konsert dasturini taqdim etish yuzasidan murojaatini rad etib, litsenziya bermagani haqida xabar bergan edik.
“Oila davrasida” gazetasi jurnalisti mazkur anjumanda muassasa direktoriga savol bilan murojaat qildi, deb yozmoqda Qalampir nashri.

– Janob Rasulning konsert berishiga, umuman uning qo‘shiqlari va kliplari efirlarda berilishiga kim, nima uchun ruxsat bergan?

Ushbu savolga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov quyidagicha javob berdi:
“Janub Rasul masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, xohlaymizmi yoki yo‘qmi bu yigit televideniyega chiqishidan avval internet orqali yoshlarning orasiga kirib bo‘ldi. To‘g‘ri, uning kliplari ma’no jihatidan juda sayoz, lekin efirlarda to‘xtamasdan berilyapti. Telekanallardan klipni efirdan olib tashlashni talab qilsak, xonanda pulini to‘lab qo‘yganini ro‘kach qilishyapti.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida kliplarni tahlil qilishga qaratilgan badiiy kengash tuzilishida ham shunday holatlarga barham berish nazarda tutilgan edi. Xonanda qo‘shiq kuylagach, unga klip suratga oldirmoqchi bo‘lsa, klip g‘oyasini avvalo badiiy kengash a’zolari nazoratidan o‘tkazishi kerak. Janob Rasul ham tadbirkor, litsenziya olib xonanda-tadbirkorlik faoliyatini olib boryapti.

Bunday holatlarga ko‘z yumib bo‘lmaydi, albatta. Kelajakda bularning olinadi”.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toir Qo‘ziyev bu yigitning qo‘shiqlari haqida shunday deydi:
“Har yili “O‘zbekkonsert”ning yig‘ilishida ishtirok etaman. Men jurnalistlardan bir narsani iltimos qilgan bo‘lardimki, ochiqdan-ochiq bunday xonandalarni tanqid qilish vaqti keldi. Tunov kuni shu yigit “labingda pamada” deb qo‘shiq kuylayotgan ekan. Tinglovchilarni tarbiyalash vaqti kelgandir, bunaqa qo‘shiqlarni eshitmanglar deb yozish kerakdir, balki. Tamaki yoki alkogol mahsulotlari ko‘rsatilgan film namoyish etilsa, kino oldidan ogohlantirish beriladi. Demak, bu qo‘shiqlar efirga berilayotganda ham bolalarning ma’naviyatiga zarar yetkazuvchi so‘zlar borligi haqida ogohlantirish berish kerak”.

Janob Rasulning qo‘shiqlari yoshlar ma’naviyatiga jiddiy zarar yetkazishini “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mas’ullari ham bilsa, uning muhtasham konsert zallarida konsert dasturini taqdim etishi uchun nimaga litsenziya berilgan? Jurnalistlarning bu haqdagi savollari ham qisman javobsiz qolmadi.

“Jurnalistlar berayotgan savolning o‘zida javob bor. Aytganingizdek, uning qo‘shiqlarini yoshlar eshityapti. Internet orqali qo‘shiqlarini tarqata oldi. Agar bu xonandaning litsenziyasini olib qo‘yib, faoliyatini to‘xtatib qo‘yadigan bo‘lsak, tinglovchilardan 20-30 ta murojaat keladi. Ularning bittasi yaxshi deb tursa, bittasi yomon deydi.

Bizda tahlil bor, bugun biror xonandaning litsenziyasini olsak, murojaatlarning keti uzilmaydi. Hatto, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga yozganlar ham bo‘ldi. Biz bu xonandani yomon deb, litsenziyasini olib qo‘yib, uni alamzada qilmaylik, aksincha, ishiga qo‘shiqlarining sifatini oshirish, sayoz matnlari ustida ishlashga yordam beraylik. Ana keyin natijasini ko‘ramiz”, deydi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Sayfullayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Janob Rasulning qo‘shiqlari «aylanishi»ga nega ruxsat berilmoqda? Chunki «xonanda pulini to‘lab qo‘ygan…»