12:21 / 18.01.2018
6 869

Kaniza salbiy fikr bildiradiganlarga qarshi qo‘shiq kuyladi! (Video)

Kaniza salbiy fikr bildiradiganlarga qarshi qo‘shiq kuyladi! (Video)
Kaniza internet foydalanuvchilari orasidagi salbiy izohlar qoldiradiganlarga atab «Baribir» qo‘shig‘ini kuylab unga klip ham suratga oldirdi deya yozgan Sayyod.com.

Qo‘shiqdagi «Atrofda gul bu gul derkan ASALARI, faqat go‘ng ko‘rib yashar ekan pashshasi!» (doimgiday naqadar “ma’noli” so‘zlar) so‘zlaridan kelib chiqib Kaniza asalari obrazida namoyon bo‘lib pashshalarga urush e’lon qilar emish.

Kaniza bu qo‘shig‘i bilan negativ fikrlarga “baribir” deya qo‘l siltashini aytmoqchi ko‘rinadi. Qiziq, “san’atkor”larimiz salbiy fikrlar ko‘p deya nolishdan avval, xalqning muhabbatiga haqiqiy iste’dod bilan erishishni o‘rganishsa bo‘lmasmikan? Qolaversa san’at bu madaniyat degani aslida. Eh, bu haqida gapiraverib har qaysi matbuot charchadi. Nima ham derdik, hammamizga insof, xonandaman deganlarga aqalli ozgina talant bersin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kaniza salbiy fikr bildiradiganlarga qarshi qo‘shiq kuyladi! (Video)